Dastlab, “Paxtakor” stadionida U-23 Osiyo kubogining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston yoshlariga qarshi bahs olib bordi - 1:0.
Oʻyinning dastlabki daqiqalarida Oʻzbekiston yoshlari koʻproq toʻpga egalik qildi. Kapadze shogirdlari birinchi boʻlimda juda koʻplab xavfli vaziyatlar yaratgan boʻlsada, vaziyatlardan unumli foydalanishga kelganda xatolarga yoʻl qoʻyishdi. Shu tariqa, birinchi boʻlimda hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimda Turkmaniston biroz jonlanib xavfli hujumlar yaratishga harakat qildi. Ammo, ular ham bir nechta xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadi. 75 daqiqada penaltidan Ulugʻbek Hoshimov unumli foydalandi. Shu tariqa, Oʻzbekiston hisobda oldinga chiqib oldi.
Yakunda ushbu hisob oʻzgarmadi va Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi birinchi turda Turkmanistonni 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shuningdek, “A” guruhi doirasida “Bunyodkor” stadionidagi oʻyinda Eron Qatarga qarshi saf tortdi. Oʻyinda qatarliklar 87-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, forslar 90-daqiqada magʻlubiyatdan qutilib qoldi – 1:1. Qarshida esa “V” guruhi vakillari Avstraliya Kuvaytga qarshi saf tortib, bahsda gʻalaba qozondi – 2:0.
Kunning soʻnggi oʻyinida Iordaniya Iroqqa qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Madina Nuraliyeva,
Kamola Abdugʻafforova,
OʻzJOKU talabalari