Futbol: Superliga start olmoqda, 1-turda qaysi hakamlar ishlaydi?

    Ertaga, 2-martdan futbol boʻyicha Oʻzbekiston superligasida joriy mavsum oʻyinlariga start beriladi.

    1-turning markaziy uchrashuvi sifatida bu yil sovrinli oʻrinlarga daʼvogarlik qilishi kutilayotgan “Navbahor” va “Nasaf” jamoalari oʻrtasidagi bahs eʼtirof etilmoqda. Biroq qolgan oʻyinlar ham muxlisu mutaxassislar eʼtiboridan chetda qolmaydi.

    Oʻzbekiston professional futbol ligasi 1-tur doirasidan oʻrin olgan uchrashuvlarda qaysi hakamlar va rasmiylar faoliyat olib borishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.

    Oʻzbekiston superligasi. 1-tur

    2-mart, chorshanba

    “Neftchi” – “Qoʻqon-1912”
    Hakamlar: Ahrol Risqullayev
    Nazoratchi: Temur Abdullayev
    VAR hakami: Ilgiz Tantashev
    VAR assistent: Maksim Nexochin
    Komissar: Sherzod Rajabov

    “Olimpik” – “Surxon”
    Hakamlar: Asker Najafaliyev
    Nazoratchi: Oleg Dachev
    VAR hakami: Firdavs Norsafarov
    VAR assistent: Baxtiyorxoʻja Shavkatov
    VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
    Komissar: Jahongir Rahmatullayev

    3-mart, payshanba

    “Navbahor” – “Nasaf”
    Hakamlar: Ilgiz Tantashev
    Nazoratchi: Aleksandr Popov
    VAR hakami: Ahrol Risqullayev
    VAR assistent: Ziyodulla Abdurahmonov
    Komissar: Bekzod Aripov

    “Bunyodkor” – “Soʻgʻdiyona”
    Hakamlar: Shavkat Nasibullayev
    Nazoratchi: Marat Ismailov
    VAR hakami: Elyor Tursunov
    VAR assistent: Aleksandr Sidorov
    VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
    Komissar: Zoxirjon Akramxonov

    “Dinamo” – “Paxtakor”
    Hakamlar: Vadim Agishev
    Nazoratchi: Konstantin Smirnov
    Komissar: Shohrux Said

    4-mart, juma

    “Qizilqum” – “Lokomotiv”
    Hakamlar: Rustam Lutfullin
    Nazoratchi: Dmitriy Roman
    Komissar: Aleksandr Davidenko

    “Metallurg” – AGMK
    Hakamlar: Firdavs Norsafarov
    Nazoratchi: Bobur Haydarov
    VAR hakami: Akobirxoʻja Shukurullayev
    VAR assistent: Andrey Sapenko
    Komissar: Vladimir Nazarov.