Futbolchilar ogʻiz ochib olishi uchun oʻyinlar toʻxtatib turiladi

    Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi

    Angliya Premyer-ligasi hakamlariga Ramazon oyida boʻladigan bahslarda ogʻiz ochish paytida oʻyinni toʻxtatib turish taklif qilindi, deb xabar beradi Sky Sports.

    Roʻza tutgan oʻyinchilar suv ichishlari, kuch beradigan vitamin yoki meva isteʼmol qilib olishlari uchun vaqt beriladi.

    Shuningdek, hakamlarga oʻyin boshlanishidan oldin roʻza tutgan futbolchilarni aniqlash ham tavsiya qilindi.