Futbolchilarimiz ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi

    Sport 27 Iyul 2024 292

    O'zbekiston OTJ Misrga mag'lub bo'ldi va pley-off imkoniyatini yo'qotdi.

    Yozgi olimpiya o'yinlarida futbol musobaqasida 2-tur davom ettirildi.

    S guruhida O'zbekiston (0) Misrga (4) qarshi bahs yuritib, 11-daqiqada o'tkazib yuborilgan to'p evvziga mag'lubiyatga uchradi.

    Natijada ikki o'yinda ham yutqazgan Temur Kapadze shogirdlari guruhda qolib ketdi. So'nggi turdagi Dominikanaga (1) qarshi o'yin rasmiyatchilikka aylandi. Misr va Ispaniya (6) esa guruh g'olibini aniqlashadi.

    Parij-2024. 2-tur

    O'zbekiston — Misr 0:1

    27 iyul. Nant, «Bojuar»

    Gol: Ahmad Koka (11).

    O'zbekiston – Ne'matov, Hamraliev, Alikulov, Husanov, Abdurahmatov, O'runov (Jiyanov, 46), Jaloliddinov (Ibrohimov, 72), Fayzullaev, Holmatov (Rahmonaliev, 64), Bo'riev (Norchaev, 72), Shomurodov.

    Misr – Ala, Iyd, Abdulmajid, Fayed, Debes, el Nenni, SHehata (Otto, 64), Koka, Zizu (Saad, 65), Adil (Kamol, 90+2), Faysal (Mazhar, 87).

    Ogohlantirishlar: SHehata (13), Rahmonaliev (86), Mazhar (90+4).