Rimda bo'lib o'tgan “E” guruhi jamoalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. Madridliklar birinchi bo'lim o'rtalarida Pablo Barrios tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib oldi va bu hisob o'yining 95 daqiqasigacha saqlanib turgan edi.
Mezbonlar faqat o'yin oxirlariga gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Jamoa darvozaboni Ivan Provedel raqib jarima maydoniga yetib keldi va hisobni tenglashtirdi.
“Latsio” darvozaboni burchak zarbasi amalga oshirilayotgan paytda yetib keldi, chunki bu uning jamoasi uchun g'alaba qozonish uchun oxirgi imkoniyat edi. Jamoadoshining birinchi uzatmasi samarasiz yakunlandi, “Atletiko” himoyachilari to'pni jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarib yuborishdi, ammo keyin to'p Luis Albertoga yetib keldi. Ispaniyalik yarim himoyachining raqib jarima maydonchasiga yetkazib bergan to'pini darvozabon boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Ivan Provedel Yevropa Chempionlar ligasida o'yin paytida gol urgan tarixdagi ikkinchi darvozabonga aylandi. Undan oldin faqatgina “Standard” darvozaboni Sinanu Bolatu 2009-yili Gollandiyaning “AZ” jamoasiga qarshi o'yinda (1:1) gol urishga erishgan edi. Chempionlar ligasi bahslarida yana ikki darvozabon faqatgina penaltidan gol urishga muvaffaq bo'lishgan, deb xabar beradi tengrisport.kz.