O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining futbol kubogida bu yildan ilk marotaba ayollar futbol kubogi tashkil etilgan edi.
Tuman va shahar turnirlari bosqichlarida Chilonzor tumani “Sharq” mahallasining “Sharq malikalari” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, respublika bosqichiga yo'llanma oldi. Jamoa murabbiyi Isroil Ergashev dastlab jamoani shakllantirishida qiyinchiliklar bo'ldi, ota-onalar tomonidan qiz bolalarni futbolda ishtirok etishlariga qarshiliklar bildirilgan edi.
— Biroq bosqichma-bosqich g'alabalar nafaqat qizlarimiz, balki ota-onalarining ham birdam bo'lishiga yordam berdi, — deydi murabbiy. — Bizning jamoa yelkasida endi Respublika bosqichida ham Toshkent shahar sharafini himoya qilish mas'uliyati turibdi va bor imkoniyatlarimiz bilan g'alaba uchun harakat qilamiz.