Chempionat ishtirokchilari va muxlislar uchun munosib transport xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Taʼkidlanishicha, Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar farqlovchi belgilar yoki akkreditatsiya kartasi va chiptalarni koʻrsatgan holda shahar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin.
Joriy yilning 10-sentyabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar,
709/710 — sonli “Toshkent – Buxoro”;
729/730, 731/732, 733/734 — sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent”;
125/126 — sonli “Andijon – Buxoro – Xiva – Andijon”;
127/128 — sonli “Andijon – Buxoro – Qoʻngʻirot – Andijon”;
129/130 — sonli “Andijon – Termiz — Andijon” yoʻnalishlarida harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlarga qoʻshimcha 4 tadan yoʻlovchi vagonlari ulangan holda harakatlanishi tashkillashtiriladi;
Bugungi kunda Andijon xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi, aviaqatnovlar Fargʻona xalqaro aeroportiga amalga oshirilayotgani munosabati bilan chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun “Fargʻona – Andijon – Fargʻona” yoʻnalishlarida avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda;
Toshkent Markaziy, Toshkent-Janubiy, Andijon hamda Buxoro temir yoʻl vokzallarida chempionat ishtirokchilariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati tashkil etilishi va 10-sentyabrdan chiptaxonalar oʻz faoliyatini boshlashi belgilangan.