Futzal boʻyicha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan JCH chiptalarini onlayn sotib olish uchun sayt yaratildi

    Tizim 24/7 rejimida ishlaydi, xavfsizlik va shaffoflik noyob QR-kodlar va arena xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv orqali taʼminlanadi.

    Bu haqda “UZINFOCOM” xabar berdi.

    Oʻzbekistonda oʻtadigan Futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi, UZINFOCOM va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻyin chiptalarini sotish platformasi va chiptalarni tekshirish tizimi ishlab chiqildi.

    Futsal2024.uz platformasi internet orqali chiptalarni qulay va oson xarid qilish imkoniyatini beradi, qulay interfeys bilan taʼminlangan, oʻyinlarni va arenalardagi joylarni oson tanlash, turli toʻlov tizimlari orqali toʻlovni amalga oshirish imkonini yaratadi.

    Jahon chempionati Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor Oʻzbekistonda joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi, — deyiladi xabarda.