Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi qirgʻizistonlik futzalchilar bilan oʻzaro kuch sinashdi. Quvonarlisi, ikkala oʻyin ham futzalchilarimizning foydasiga hal boʻldi.
Dastlabki oʻyin gollarga boy boʻldi. Unda vakillarimiz 4-2 hisobida zafar qozondi. Uchrashuvda Davron Choriyev dublga erishdi.
Kecha esa jamoalar ikkinchi uchrashuvda toʻqnash keldi. Bu safar darvozalarga kechagidan ikki baravar kam gol urildi. Oʻyin taqdiri birinchi boʻlimda hal boʻldi. Ilhom Hamroyev va Muzaffar Ahadjonovlarning gollariga mehmonlardan Muhammad Askarbekov javob toʻpini kiritdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi oʻyinda ham qirgʻizistonlik mehmonlarni magʻlub etdi.