Bugun, 2025-yil 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz toʻldirish stansiyasi hududida yoqilgʻi saqlanadigan rezervuarda chaqnash yuz bergan. Hodisadan soʻng yongʻin kelib chiqqan. Bu haqda soat 14:40 da FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, soat 14:45 da 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yongʻin soat 15:00 da oʻrab olingan, soat 15:35 da esa toʻliq bartaraf etilgan.
Afsuski, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi tajribali mutaxassislardan iborat guruh voqea joyiga yuborilgan.








