Unga koʻra, seysmik faollik magnit boʻroniga bogʻliq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin boʻlgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yoʻq, — deyiladi vazirlik xabarida.
Maʼlum qilinishicha, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan oʻrganishlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston hududida kuchli zilzilalarni koʻrsatuvchi anomal oʻzgarishlar aniqlanmagan.
Shu sababli FVV fuqarolardan asossiz maʼlumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini soʻradi.









