Joriy yilning 18-mart kunidan 20-mart kuniga qadar respublikamizning ayrim hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s dan 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslikni tavsiya etadi. Avtomobil egalaridan avtomobillarni daraxtlardan uzoqroqqa qoʻyishni soʻrab qoladi” deyiladi vazirlik xabarida.