Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari 3 ta uydagi yong‘inni bartaraf etdilar

    Xavfsizlik 20 Oktabr 2020 1203

    Ushbu hodisa bugun, 20-oktabr kuni Zangiota tumanida joylashgan “Aloqa” MFY hududida sodir bo‘lgan.

    Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan.

    Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilishga erishildi. Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.