FVV qutqaruvchilari quduqqa tushib ketgan qizaloqning hayotini saqlab qoldi

    Samarqand shahridagi quduqqa tushib ketgan qizaloq Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan sogʻ-salomat holda qutqarib olindi.

    Maʼlumotlarga koʻra, 7-noyabr kuni soat 22:48 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga shaharning “Abu Rayhon Beruniy” koʻchasida joylashgan quduqqa kichik qizaloq tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

    FVV qutqaruvchilari tezda voqea joyiga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida quduqqa tushgan qizaloqni sogʻ-salomat holda chiqarib, uni ota-onasiga topshirgan.