Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksidagi elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish uchun belgilangan jarima miqdori oshirilmoqda. Belgilangan maʼmuriy jazodan soʻng takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jazo kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining bir necha moddalariga qoʻshimcha va aniqlashtiruvchi normalar kiritilmoqda.
Jumladan:
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarning javobgarligi aniq belgilab qoʻyilmoqda;
- Gaz va elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilmoqda;
- Nazorat organi – Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatlari aniqlashtirilmoqda;
- Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga tegishli vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining maqsadi – energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni behuda sarflanishiga chek qoʻyish va samaradorlikni oshirish hisoblanadi, — deyiladi xabarda.









