Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1941 nafarga yetdi, jarohatlanganlar soni 9000 dan oshdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmatiga tayanib.
14-avgust kuni Gaitining qirgʻoqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Yer osti silkinishlari oʻchogʻi kichik Peti-Tru-de-Nip aholi punkti shimolidan sakkiz kilometr masofada joylashgan. Keyinroq 5,2 magnitudagacha kuchdagi yangi silkinishlar takrorlandi.
Gaiti bosh vaziri Ariel Anri bir oy muddatga favqulodda holat eʼlon qilgan.