баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi boshlig'i mudofaa vazirining maslahatchisi sanaladi

    Harbiy 10 Sentabr 2020 136

    Prezidentning "G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi

    Qarorga ko'ra Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan davlat muassasasi shaklidagi “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi faoliyati tashkil etiladi.

    Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

    Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi.

    Qaror bilan mudofaa vazirining madaniy ishlar bo'yicha maslahatchisi – “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi boshlig'i lavozimi joriy etildi.

    SHuningdek, “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

    Majmua Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo'ladi.

    Majmua boshlig'i madaniyat vaziri bilan kelishilgan holda mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    Majmua tarkibidagi “SHon-sharaf” davlat muzeyi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan muassasa hisoblanadi.

    “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti o'z maqomiga, xodimlar (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq to'lash (pul ta'minoti) shartlariga ko'ra Mudofaa vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarmasiga tenglashtiriladi.

    Majmua va “SHon-sharaf” davlat muzeyi hududida milliy esdalik sovg'alari mahsulotlari hamda muzeyda saqlanayotgan ashyolar nusxalarining savdosi tashkil qilinadi.