Muzeylar bizga tarixdan so'zlaydi. O'tmishni kelajak bilan bog'laydigan, tarixni jonli anglata oladigan muzeylarining borligi xalqimiz uchun eng buyuk sharaf, aslida.

Bu haqda davlatimiz rahbari ma'ruzasida o'tgan davr mobaynida yangi 11 ta muzey tashkil etilgani, muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha etti yillik dastur qabul qilinishi ma'lum qilingandi.

TDTU Olmaliq filiali professor-o'qituvchilari Ikkinchi jahon urushi xotiralarini o'sha davr eksponatlari asosida ko'rsatib beradigan, g'alabaga erishishda jasorat ko'rsatgan insonlar xotirasi uchun tashkil etilgan G'alaba bog'i hamda bog' markazidagi “SHon-sharaf” muzeyida bo'lib, katta taassurot bilan qaytishdi, deyiladi axborot xizmati xabarida.