“Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtinchalik toʻxtatiladi

    Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, “Gʻalaba bogʻi”ga kirish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida 9-may — Xotira va qadrlash kuni tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan xoʻjalik va dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 6-7-may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududiga tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtinchalik toʻxtatiladi.