Kecha Osiyo Chempionlar Ligasida soʻnggi 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Turning Ye guruhidan  joy olgan Qarshining “Nasaf” jamoasi  Iordaniyaning “Al Vihdat” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qizgʻin kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etdi. Qarshiliklardan gollarni Marko Stanoyevich va Husayn Norchayevlar kiritdi.  

Bu jangovar durang “Nafas”ni OCHL pley-offiga olib chiqdi.  Ular guruhda 9 ochko jamgʻardi va  ikkinchi oʻrinni egalladi. Guruhda birinchi oʻrinni “Al Faysali” band etdi.

Nimchorak final oʻyinlari kelgusi yilning 3-4-fevral kunlari boʻlib oʻtadi. Unda “Nasaf” V guruhi gʻolibi, Saudiya Arabistonining “Ash Shabob” klubiga qarshi maydonga tushadi.