- Kanadaning Ontario shahrida ortiqcha shovqinlarni cheklovchi qonun mavjud. Unga ko'ra, har qanday baqiriq, qichqiriq, hushtak hamda qo'shiqni baland ovozda hirgoyi qilishga ruxsat berilmaydi. Bunday qoidabuzarliklarni sodir etuvchilarga jarima to'lash joriy etilgan.
- 1920 yilgacha Amerika Qo'shma SHtatlaridagi saylovlarda ayollar ovoz berish imkoniyatiga ega bo'lmagan. 1872 yilgi saylovlarda ayollar huquqlari himoyachisi Susan B. Antoni ovoz berishga harakat qiladi. Afsuski, bu qilmishi uchun u hibsga olinadi va 100 $ jarimaga tortiladi.
- Vashingtondagi Vilbur shahrida hayvonlarga e'tibor shu qadar kuchliki, hattoki bu erda hunuk va badbashara otlarni otish noqonuniydir.
- Utah shahrida qarindoshlar o'zaro turmush qurishga ruxsat berilgan. Bunda faqatgina ular 65 yoshdan oshgan bo'lishlari lozim.
- Tennesi shtatida yakshanba kunlari bolalar litsenziyasiz o'yin o'ynashi mumkin emas. e'tiborlisi, ushbu shaharda ateist bo'lish ham qonunga hilof.
- SHimoliy Dakato shtatida 4 iyulda hech kimni hibsga olish mumkin emas. Odatda bu kun shaharda “Five Finger Discount Day” bayrami nishonlanadi.
- Oilaviy xiyonatlarni oldini olishga qaratilgan ajoyib qoidalar ham mavjud. Masalan, CHallisdagi Aydaho ko'chasida erkak begona ayol bilan yurishi ta'qiqlanadi.
- Pensilvaniya shahrida ayol kishiga hurmat ko'rsatishning antiqa qoidasi joriy etilgan. YA'ni shaharda ayollarning kosmetik vositalaridan ruxsatsiz foydalanilsa qonuniy qonuniy jazo chorasi ko'riladi.
- eng ajablanarli qoidalardan biri Kalarado shahrida amal qiladi. SHaharning qonunlariga ko'ra erkak o'z xotinini uxlab yotganida o'pishi jazoga tortilishiga sabab bo'lishi mumkin. Hartvort shahrida esa, ushbu ishni erkaklar yakshanba kunlari bajara olmaydi.
- Bolalar salomatligiga doir qoidalar Minnesota shahrida mavjud. YA'ni, bu erda ota-onasidan qarovsiz qolgan 12 yoshgacha bolalar telefondan foydalanishiga cheklov o'rnatilgan.
- Hayvonlarga g'amxo'rlikning o'ziga xos ko'rinishi Texas shtatining Vako shahrida banan po'choqlarini ko'chaga tashlash borasidagi cheklovlarda ko'rish mumkin. Bu cheklov ko'chada harakatlanayotgan otlarning sirg'alishi va lat eyishining oldini olish uchun joriy qilingan.
- O'tgan yil ijtimoiy tarmoqlarda “Biz ko'p go'sht eyapmiz!” atamasi ancha mashhur bo'lgan edi. Qarangki, mazkur atamaga majoziy ma'noda Los-Anjeles sal boshqacharoq qoida bilan amal qiladi. Qizig'i, shaharda tuzlangan go'shtlarni sotish mumkin emas.
- Gurjistonning Quyitman shahrida odamlardan tashqari hayvonlar ham amal qilishi majburiy bo'lgan qoidalar bor. Misol uchun shaharda tovuqlar yo'lni kesib o'tishi qat'iyan ta'qiqlanadi.
- Ko'pgina davlatlarda mol-mulk borasida er-xotin o'zaro teng ulushga ega bo'lsa-da, Michigan shtatida erkaklarga ajabtovur ustunlik berilgan. SHtat qoidalariga ko'ra, ayolning sochlari rasman o'z eriga tegishlidir.
- erkaklarga ustunlik masalasida Arizona shtatini ham “namuna” qilish mumkin ekan. Qizig'i shaharda erkak oyiga bir marta qonuniy ravishda xotinini kaltaklashiga ruxsat berilgan.
- YAna bir ajablanarlik qoidalardan biri Neva shahrida uchratishingiz mumkin. SHahar qonunlariga binoan ayollar mo'ylovli erkaklarning yuzidan o'pishi cheklangan.
- Germaniyada avtomobilda harakatlanayotganda yonilg'i tugab qolishi ta'qiqlanadi. Bunday holat yuz bergan taqdirda avtomobil egasi jarimaga tortilishi mumkin. Ushbu ko'ngilsiz holatga duch kelmaslik maqsadida Germaniya fuqarolari avtomobil baklarini doimiy nazoratda saqlashadi.
- Gretsiyaga sayohat qilmoqchi bo'lganlar o'zlari bilan baland poshnali oyoq kiyimlar olib bormaganliklari ma'qul. Boisi, mamlakatning ayrim tarixiy shaharlari, xususan tarixiy qadamjolarni baland poshnalar bilan tomosha qilish ta'qiqlanadi. Bu bilan madaniy ob'ektlarni muhofaza qilish nazarda tutilgan.
- Italiyaning Florentsiya shahrida cherkov atroflarida tushlik qilish, tetiklantiruvchi ichimliklarni iste'mol qilish jinoyat hisoblanadi. Mazkur qoida jamoat joylarida ovqatlanishni ham ta'qiqlaydi. Bu shaharni ozoda saqlash uchun joriy etilgan qonun hisoblanadi.
- Birlashgan Arab Amirliklarida romantik holatlar, jumladan o'pishish, yonma yon turish, qo'llarni ushlab turish mumkin emas. Bunday qoidabuzar turistlar ommaviy tarzda hibsga olingan va qamoqqa tashlangan. Bu qonun mamlakatda oilaviy xiyonatlarni oldini olish uchun amal qiladi.
Nurillo To'xtasinov
tarjimasi








