Gʻalladan boʻshagan yerni yoqib yuborgan shaxs jarimaga tortildi

    Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida fuqaro tomonidan 1,3 gektar gʻalladan boʻshagan yer maydoni yoqib yuborildi.

    Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi.

    Arnasoy tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan ekologik reyd tadbiri davomida Arnasoy tumani “Boʻston” MFY hududida gʻalladan boʻshagan yer maydoni yuborilganligi aniqlandi.

    Yongʻin natijasida 1,3 gektar maydondagi somonpoyalar yongan.

    Ushbu huquqbuzarlik holatini sodir etan Q.Z. ismli fuqaro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining talablari buzilganligini inobatga olib, huquqbuzar fuqaroga MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan BHMning uch baravari yaʼni, 1020 000 soʻm jarima belgilandi.

    Shuningdek, tabiatga 1 710 699 soʻmlik zarar yetkazilgan.