Bu haqda Bild gazetasi xabar bermoqda.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, Feddel tumanidagi favqulodda vaziyat hududida portlashlar ovozi eshitilgan. Yong'in haqidagi dastlabki xabarlar taxminan 15:31 da kelib tushgan. Avvaliga yong'in avtomobilni qamrab olgan, keyin gaz ballonlariga o'tib, portlab ketgan. Uning parchalari yaqin atrofdagi avtomagistraldagi avtomobillar ustiga tushib ketgan, jabrlanganlar borligi xabar qilingan. Magistral hozirda harakatlanish uchun yopiq.
Mahalliy aholiga deraza va eshiklarni yopish, shamollatish tizimlari va konditsionerlarni o'chirish tavsiya etiladi. Asosiy temir yo'l vokzali va Xarburg tumani o'rtasidagi uchastkada poyezdlar harakati to'xtatildi, deb xabar berdi report.az.








