Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan eʼtibor kundan-kunga yuksalib boryapti. Xususan, gender tenglikni taʼminlash, ayniqsa, jamiyatda ayollar nufuzini oshirish borasidagi ishlar eʼtirofga loyiq.

Oliy sudda jazoni ijro etish muassasalarida ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning avf etilishi ham ayollarga boʻlgan gʻamxoʻrlikning xalqimizga xos koʻrinishidir.

Mahkuma ayollarni avf etishda ular jazoning asosiy qismini oʻtagani, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, jazoni oʻtash jarayonida oʻzining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani eʼtiborga olindi.