Prezident administratsiyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, chorshanba kuni janubdagi Ashanti mintaqasida harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida sakkiz nafar hayotdan ko'z yumganlar orasida Gana mudofaa vaziri va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri ham bor.

Xabarga ko'ra, vertolyot bortida uch nafar ekipaj a'zosi va besh nafar yo'lovchi, jumladan Gana mudofaa vaziri Edvard Omane Boama va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ibrohim Murtala Muhammad ham bo'lgan. Ularning barchasi hayotdan ko'z yumdi.

Gana qurolli kuchlari avvalroq poytaxt Akkradan mamlakat janubidagi konchilar shaharchasi Obuasi tomon yo'l olgan Z9 vertolyoti bilan aloqa uzilgani haqida xabar bergan edi.

Prezident apparati rahbari Julius Debra videomurojaatida halokatni “milliy fojia” deb atadi va keyingi ogohlantirishgacha bayroqlar tushirilishini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, Gana milliy xavfsizlik bo'yicha koordinatori o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Alhaji Muhammad Muniru Limuna, Milliy demokratik kongress raisi o'rinbosari Samuel Sarpong va deputatlikka sobiq nomzod Samuel Aboagye ham halok bo'lishdi.

Vertolyot ekipaji tarkibida eskadron rahbari Piter Bafemi Anala, uchuvchi Malin Tvum-Ampadu va serjant Ernest Addo Mensa bo'lgan.

Sibiga Gana hukumati va xalqiga halokatda mamlakatning yuqori mansabdor shaxslari halok bo'lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi pravda.com.ua.

Sibiga: “Biz Gana hukumati va xalqiga mudofaa vaziri Edvard Kofi Omane Boama, atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ibrohim Murtala Muhammad va boshqa amaldorlar va harbiy xizmatchilarning vertolyotning fojiali halokatida hayotdan ko'z yumgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz”.