Gandbol boʻyicha eng kuchli oʻquvchi-yoshlar Andijonda jam boʻldi

    Andijon shahri gandbol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

    Musobaqada hududiy saralash bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlaridan tashkil topgan 4 ta hudud jamoalari ishtirok etmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, gandbol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichiga Samarqand, Jizzax, Xorazm va Andijon viloyatlari terma jamoalari yoʻl olishgan edi.

    Maʼlumot uchun, 2021-yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod” sport oʻyinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi. Ortda qolgan vaqt davomida “Barkamol avlod” sport oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan 4 ta sport turi boʻyicha 5 ta musobaqa oʻtkazildi.

    Manba