G'arbiy Yevropaga to'fon yopirildi: oqibatida olti kishi halok bo'ldi

    G'arbiy Yevropaga “Ciaran” to'foni yopirildi. Oqibatda kamida olti kishi halok bo'ldi.

    Ma'lum qilinishicha, Fransiya va Belgiyada ikki kishi, Niderlandiya janubida bir kishi va Ispaniya poytaxtida bir kishi halok bo'ldi.

    Mahalliy hokimiyatning ma'lumotlariga ko'ra, Fransiyada 1,2 million xonadon elektr ta'minotisiz qoldi. Mamlakatning Finister departamenti ma'muriyati aholini uyda qolishga chaqirdi, chunki shamol tezligi soatiga 207 kilometrga yetdi, bu esa dengizda 20 metrlik to'lqinlarni yuzaga keltirdi.

    Kuchli yog'ingarchilik Shimoliy Irlandiya va Buyuk Britaniyaning ayrim hududlarida kuchli suv toshqiniga sabab bo'ldi.

    Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi yuzlab aviareyslarni bekor qildi va mamlakat janubi-g'arbidagi yuk tashish yo'nalishlari ham yopildi.

    Ispaniyada to'fon tufayli 42 ta aviareys bekor qilindi, deb xabar beradi korrespondent.net.