O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan “G'arbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi. Ushbu monografiya o'zbek davlatchiligi tarixida yuksak o'rin tutadigan G'arbiy Turk xoqonligi (568-740-yy.) tarixi va tanga-pul tizimining dolzarb masalalariga bag'ishlangan.

Monografiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan, tarix, arxeologiya, etnologiya va lingvistika sohalari uchun birlamchi yoki yordamchi qo'llanmalardan biri sifatida xizmat qiladi. Unda O'zbekiston hududidagi arxeologik qadimiy shahar qoldiqlaridan topilayotgan materillar o'rin olgan bo'lib, bunday materiallar O'rta Osiyoning boshqa mamlakatlarida deyarli uchramaydi.

Yangi nashrni Evrosiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiyasi va linvistikasini o'rganishda yordamchi material sifatida ishlatish mumkin.