Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, “K.Z.” MCHJ macʼul shaxslari, hududiy tijorat banki filialidan qurilish mollari ishlab chiqarish uskunasi va bank balansida boʻlgan MTM binosini sotib olish uchun jami 4 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, garov taʼminoti uchun qoʻyilgan MCHJga tegishli 3,1 mlrd soʻmlik binolarni buzib tashlab, bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.