Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan “Xalq banki” Yangibozor filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Aniqlanishicha, “Z.B.” fermer hoʻjaligi rahbari Z.Q. naslli qoramol sotib olishga ajratilgan 237,6 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan 616,1 mln soʻmlik issiqxonani buzib tashlab, jihozlarini boshqa maqsadlarda ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.