Xususan, shaxmat bo'yicha 13-jahon chempioni, rossiyalik Garri Gasparov o'zining rasmiy Twitter sahifasida O'zbekistonni Butunjahon shaxmat Olimpiadasidagi g'alaba bilan tabrikladi.
"O'zbekiston terma jamoasini Chennaydagi shaxmat Olimpiadasi g'olibligi bilan tabriklayman! eng yosh tarkib bilan reyting favoritlaridan o'zib ketish, mezbon jamoalardan kuchlilik qilish – qoyilmaqom natija", - deb yozgan Gasparov.