Garvardning 12 mingdan ortiq bitiruvchisi universitetni qoʻllash uchun birlashdi

    Voqea-hodisalar 10 Iyun 2025 338

    Garvard universitetining 12 mingdan ortiq bitiruvchisi Tramp maʼmuriyatining 2,2 milliard dollardan ortiq federal mablagʻ ajratishni cheklash qaroriga qarshi chiqib qonuniy xabarga imzo chekdi, deya xabar bermoqda CNN.

    Garvardning 1950—2025-yillar davomidagi bitiruvchilari amicus briefʼga imzo chekdi. Bu uchinchi tomondan sudga ish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beruvchi daʼvo arizasiga yuborilgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Brif 9-iyun kuni sudga taqdim etilgan.

    Bitiruvchilarning fikricha, bunday hodisa Garvard tarixida hali kuzatilmagan. Garvard oʻzini himoya qilmoqda va oʻz navbatida akademik erkinlik, federal moliyalashtirish va kampus nazorati boʻyicha boshqa kollejlar va universitetlar uchun namuna yaratayotgani aytildi.

    Garvard aprel oyida Tramp maʼmuriyatini federal moliyalashtirishni muzlatish qarori yuzasidan sudga berib, ish boʻyicha yakuniy qarorni tezroq qabul qilishni soʻragan. 21-iyulda dastlabki eshituv boʻlishi kutilmoqda.