Festivalda dunyoning turli davlatlaridan oshpazlar, shuningdek, O‘zbekiston, Eron, Tunis, Qirg‘iziston, Germaniya, Xorvatiya, Serbiya, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan xalqaro darajadagi hakamlar qatnashdi.
O‘zbekistonliklarning jahon musobaqalari va chempionatlarida faol ishtirok etishi gastronomik turizmni ommalashtirish va O‘zbekistonga ko‘plab xorijiy gurmanlarni jalb etish hamda bu sayyohlik yo‘nalishidan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
Oshpazlik chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi:
- To‘laganova Umriniso – zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
- Abduqodirov Javoxir - zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
- Al-Zaben Alina - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
- Qudratov Bilol - zamonaviy oshxona - bronza;
- Xamidullaev Saida’zamxon go‘sht - bronza;
- Orazbaeva Sarbinaz - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
- Sultanov Davron - (yunior) baliq nominatsiyasida - kumush;
- Usmanoliev Abdulaziz – desert - oltin;
- Fatxulaev Firdavs – desert – oltin;
- qora quti – kumush.
Dunyoning mashhur oshpazlaridan iborat hakamlar hay’atining kuchli talablaridan iborat nominatsiyalar bo‘yicha o‘zbekistonliklarning qo‘lga kiritgan sovrinlari O‘zbek oshxonasining yuksak yutuqlari, mamlakatimiz yosh avlodining salohiyati, O‘zbekiston an'analarini jahon hamjamiyatiga munosib darajada olib kirayotganligidan dalolatdir, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi 2010-yildan buyon jahon oshxonasining pazandalik standartlarini saqlash va takomillashtirishni maqsad qilgan mutaxassislardan iborat Butunjahon oshpazlar hamjamiyatining rasmiy a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tashkil etilganidan buyon barcha umumiy ovqatlanish tashkilotlariga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, umumiy ovqatlanish punkti faoliyatining texnologik jarayonlarini joriy etish bo‘yicha axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinyapti.