Mutaxassislarning fikricha, uning faollashishidan avval yuqori seysmik faollik kuzatilgan. Tabiiy ofat tufayli hududning aviatsiya parvozlari uchun xavflilik darajasi “to'q sariq”dan “qizil”ga ko'tarildi.

Gavayi vulqon rasadxonasi yakshanba kuni tushdan keyin Kilauea cho'qqisida vulqon harakatga kelgani kuzatilganini xabar berdi. Rasadxona vakillarining ta'kidlashicha, uning faollashishi oqibatida chiqarilgan gazlar shamol ta'sirida vulqon tutuni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Yaqin atrofda yashovchi odamlar havoga chiqarilgan vulqon zarralaridan o'zlarini himoya qilish choralarini ko'rishi kerak.

Kilauea vulqonining balandligi 1247 metr bo'lib, u yil boshidan beri uchinchi bor harakatga keldi, deb xabar beradi mir24.tv.