Gayane Umerova YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 18 Iyun 2024 323

    17-iyun kuni Fransiya poytaxti Parijda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha ixtisoslashgan agentligi – YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

    Tomonlar 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan YUNESKO (1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan) Bosh konferensiyasining boʻlajak yubiley sessiyasiga puxta taraddud koʻrishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.

    Mazkur Bosh konferensiya davomida YUNESKO vakolatlari doirasida yangi jahonshumul tashabbuslarni hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir strategik loyiha va dasturlarni takomillashtirish, qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.