28 iyun` kuni Farg'ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga Qo'qon temir yo'l masofasi boshlig'i tomonidan yuborilgan xabarga ko'ra, 27 iyun` kuni korxona ishchilari tomonidan “Furqat-Oltiariq” temir yo'l bekatlari oralig'ining 222 km. 6-7-piketlari orasida mavjud shpallarning 48 dona zakladnoy bol`tlari va 60 dona gaykalari noma'lum shaxs tomonidan echilib o'g'irlab ketilganligi va ushbu holat poezdlar harakatiga xavf tug'dirishi mumkinligi ma'lum qilinib, holat bo'yicha qonuniy chora ko'rilishi so'ralgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida F.X. 26 iyun` kuni uyidagi chorva mollariga o't terish uchun qishlog'i yaqinidan o'tgan temir yo'l bo'yiga chiqqanida,“Furqat-Oltiariq” bekatlari oralig'i 6-7-piketlarida temir yo'l shpallariga mahkamlangan bir nechta bolt gaykalarni qo'li bilan burab, sug'urib olganligini hamda 27 iyun` kuni M.S. ismli ayolga 192 000 so'mga sotganligi ma'lum bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi