Oʻzbekiston TIV rahbari oʻrinbosari ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, Elchini yuqori va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Finlyandiya oʻrtasida iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, jumladan, oʻzaro savdo missiyalarini tashkil etish, qoʻshma investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ikki davlat ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi. Oʻzbekistonda Finlyandiya oliy oʻquv yurtlarining filiallarini ochish, “ikki tomonlama diplom” berish dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajalarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.