Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Fargʻona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan post orqali qoʻshni davlatdan kirib kelgan “kobalt” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilgan.

Koʻzdan kechirish davomida avtotransport vositasining “metan” gaz balloni xodimlarda shubha uygʻotganligi sababli chuqurlashtirilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida gaz balloni ichida umumiy qiymati 105 mln. soʻmlik 525 dona tarkibida nikotin boʻlgan mahsulotlar bojxona nazoratidan yashirilgan holda olib kirilayotganligi maʼlum boʻldi.