Hozirgi vaqtda “L-Gazli-1” elektr uzatish tarmogʻida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, elektr energiyasi bilan ushbu tarmoqdan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar ayni paytda zaxiradagi “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali taʼminlanyapti.

Eslatib oʻtamiz, 17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida mazkur tarmoqlar jiddiy shikastlanishi oqibatida “Gazli” magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli bir nechta gaz haydash agregatlari faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgandi.