«Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi koʻrsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman Oʻzbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.
Va bu yerda Oʻzbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, Oʻzbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. U yerda bizning hududda “Asia Trans Gas” qoʻshma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.
Yaʼni, Oʻzbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun toʻlangan pul. Mana shu ikkita summani qoʻshganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi», — deya tushuntirish berdi Oʻzbekiston energetika vaziri.