Biroq, tabiiy gaz taʼminoti isteʼmochilarga buyurtma asosida ham xizmat koʻrsatishi mumkin.    Buning uchun 104 raqami orqali murojaat qilsangiz kifoya.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, gaz asboblarini buyurtmalarga asosan taʼmirlash ishlari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

- gaz sizib chiqish hollarida – zudlik bilan;

- ovqat tayyorlash apparatlarining nosozligida – bir sutka ichida;

- isitish mavsumida isitish apparatlarining nosozligida – isitish mavsumidan tashqari boshqa paytlarda ikki sutka ichida;

- apparatlarni almashtirish - besh sutka ichida nazoratdan oʻtkazilishi shart.

Gaz sizib chiqish holatidan tashqari qolgan barcha taʼmirlash ishlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Buyurtmalar asosida gaz jihozlarini taʼmirlashda buyurtmada koʻrsatilgan barcha nosozliklar bartaraf etiladi. Taʼmirlangan gaz jihozining ish qobiliyati tekshirib koʻriladi hamda aniqlangan muammolar bartaraf etiladi.