Gaz quyish shoxobchalarida “UGaz” tizimi ishga tushirildi

    Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalaridagi (AGTKSH) jarayonni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi joriy etildi.

    Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, UGaz tizimi:

    • qoʻlda hisob-kitob olib borish zaruratini kamaytiradi;
    • noqonuniy holatlarning oldini oladi;
    • jarayon shaffofligini taʼminlaydi;
    • isteʼmolchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.

    Avtomobil GQSHga kirgan vaqtda uning texnik koʻrikdan oʻtgani avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik koʻrik muddati tugagan boʻlsa, tizim operatorga xabar beradi. Shuningdek, yonilgʻi turi mos kelmagan yoki ballon roʻyxatdan oʻtkazilmagan taqdirda, tizim operatorni shu joyning oʻzida ogohlantiradi. Bu orqali AGTSHK, haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

    Avtomashina gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik koʻrikdan oʻtganligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik koʻrik muddati tugagan boʻlsa — tizim operatorga xabar beradi.

    Shuningdek, agar yoqilgʻi turi mos kelmasa yoki ballon roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning oʻzida ogohlantiradi. AGTSHK, haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlaydi.

    Tizim orqali tabiiy gazni sotish jarayonlarining shaffofligi taʼminlanadi. Yaʼni, gaz quyish shoxobchasi qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa, shoxobchalarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

    Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, AGTKSHlaridagi har bir gaz toʻldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi.

    Bunda, AGTKSH xodimlarining barcha xizmat koʻrsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va OneID) bilan integratsiya qilingan.