Gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati boʻyicha hech qanday cheklov yoʻq

    Energetika 5 May 2023 885

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi”da taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning maʼlum muddatga pasayishi toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.

    Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda boʻlib, respublikamiz, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emas.

    Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga koʻp tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

    Shuni taʼkidlash kerakki, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va isteʼmolchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangani, hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani bois ular faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.