“O‘ztransgaz” AJ telagram kanalida hududlar kesimida avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalariga kiritilgan cheklovlar vaqti e’lon qilindi. Cheklovlar asosan kechki paytga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida “metan-zapravkalar” ish vatiga kiritilgan cheklovlar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – soat 18:00dan 6:00gacha;
Andijon viloyati – soat 17:00dan 5:00gacha;
Buxoro viloyati – soat 19:00dan 6:00gacha;
Jizzax viloyati – soat 17:00dan 23:00gacha;
Qashqadaryo viloyati – soat 21:00dan 6:00gacha;
Navoiy viloyati – soat 19:00dan 7:00gacha;
Namangan viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha;
Samarqand viloyati – soat 15:00dan 23:00gacha;
Sirdaryo viloyati – soat 17:00dan 23:00gacha;
Surxondaryo viloyati – soat 19:00dan 6:00gacha;
Toshkent viloyati – soat 20:00dan 8:00gacha;
Farg‘ona viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha;
Xorazm viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha.
Oldinroq “O‘ztransgaz” AJ kunning kechki va tungi vaqtlarida O‘zbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalar faoliyati cheklanishi haqida bayonot bergandi.