Gaz va elektr energiyasi uchun yil bo'yi kompensatsiya beriladi

    Dolzarb 6 Iyun 2025 2135

    Arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi.

    Xabaringiz bor, 2025 yil 1 maydan O'zbekiston bo'ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to'lash amaliyoti yo'lga qo'yildi. endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr-fevral)da emas, har oyda to'lab beriladi.

    ehtiyojmand oilalar uchun 1 iyundan boshlab ariza topshirish boshlandi.

    Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:

    Ijtimoiy himoya yagona reestri va Kambag'al oilalar reestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila a'zolariga to'g'ri keladigan oylik daromad 669 ming so'mdan kam bo'lishi lozim.

    SHuningdek, ikki reestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a'zoga 1 mln so'mdan kam bo'lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi

    2024-2025 yilgi isitish mavsumi uchun umumiy kam ta'minlangan oilalarga 313.6 mlrd so'm yordam berilgan bo'lsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025 yilda umumiy hisobda 1 trillion 330 milliard so'm miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.