Gaz “zapravkalar” faoliyatiga cheklov kiritiladi

    Energetika 9 Dekabr 2024 1205

    Energetika vazirligining xabar berishicha, avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchalari (gaz “zapravkalar”) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.

    Bu bo'yicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda ma'lumot berib borilishi yo'lga qo'yiladi.

    Aholiga yonilg'i quyish, gaz to'ldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn ma'lumot berib borish maqsadida ishlab chiqilgan “Avto24” ilovasi yordamida shoxobchalar faoliyati bilan bog'liq barcha maʼlumotlarni onlayn rejimda kuzatish mumkin.