Unga ko‘ra, holat 26-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda, Toshkent viloyati G‘azalkent shahrida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari Toshkent shahri Olmazor tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olgan. 

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda, ishga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi.