Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining topshigʻiri bilan konlardan uglevodorodlar qazib chiqarish hajmini oshirish va gaz quvurlaridagi gidravlik qarshiliklarni oldini olish hamda bosimlar farqini kamaytirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
Ushbu tadbirlar doirasida Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tasarrufidagi “Shoʻrtan” koniga qarashli 20-, 24-sonli Gaz yigʻuv punktlaridagi gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
Qurilish ishlarini tashkil etishdan maqsad yigʻuv punktlari va quduqlarni barqaror ishlashini hamda qayta ishlanayotgan tabiiy gazning sifat koʻrsatkichlarini talab darajasiga moslashtirishdan iborat.
Loyiha doirasida qurilmalarga tabiiy gaz sarfini alohida hisobini yuritish boʻyicha oʻlchash jihozlari ham oʻrnatildi.
Bugungi kunda ushbu loyihalar boshqarmaning qurilish montaj jamoasi tomonidan yakunlanib, ishga qoʻshildi.
Natijada quduqlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidan olinadigan qatlam suyuqliklarini ajratib olib, sifatli gazni qayta ishlash uchun Shoʻrtan bosh inshootiga yetkazib berish, quvularidagi gidravlik qarshiliklarni kamaytirish hamda gaz uzatish tizimining barqaror ishlashi taʼminlandi.

Ushbu loyihalarni amalga tadbiq etish Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari va aholisini tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojini uzluksiz taʼminlashga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun: Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati