G'azo sektorida bir kunda 50 nafar falastinlik halok bo'ldi

    Isroil kurolli kuchlarining harbiy amaliyoti oqibatida so'nggi 24 soat ichida G'azo sektorida 50 nafar falastinlik halok bo'ldi.

    Mazkur ma'lumotlar anklav Sog'liqni saqlash vazirligining Telegramdagi rasmiy kanalida e'lon qilindi.

    “So'nggi 24 soat ichida Isroil kuchlari tomonidan sektorning turli hududlari o'qqa tutilishi va bombardimon qilinishi oqibatida 50 kishi halok bo'ldi, 130 kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.

    Qurbonlarning umumiy soni 38 243 nafarga, jarohatlanganlar esa 88 033 nafarga yetdi, deb xabar beradi report.az.