G'azo sektorida ocharchilik tufayli 30 nafar bola hayotdan ko'z yumdi

    G'azo sektorida halokatli ocharchilikka duchor bo'lganlar soni uch oydan kamroq vaqt ichida ikki baravar ko'payib, 1,1 millionga yetdi.

    Bundan tashqari, anklavda ochlik tufayli 30 nafar bola halok bo'ldi, deb xabar bermoqda G'azo sektori hukumati matbuot xizmati.

    O'tgan hafta davomida anklavga 1866 dan ortiq yuk mashinasida insonparvarlik yordamlari jo'natildi, deb xabar beradi mir24.tv.